Patrik Shik Obameyang va Levandovskining tarixiy natijasini takrorladi
21 OKTYABR, 2026, 09:36
Germaniya Bundesligasining 6-turida Leverkuzenning «Bayer» klubi «Frayburg»ni mag'lub etdi. Chexiyalik hujumchi Patrik Shik g'alaba golini urib, o'zining to'purarlik mahoratini yana bir bor namoyish qildi.
Shu tariqa, Shik Bundesliga tarixida mavsumning dastlabki oltita turining har birida gol urishga muvaffaq bo'lgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Bunga qadar bunday natijaga gabonlik Per-Emerik Obameyang 2015/16 yilgi mavsumda (dastlabki 8 ta turda) va polshalik to'purar Robert Levandovski 2019/20 yilgi mavsumda (ketma-ket dastlabki 11 ta turda) erishgan edi.
