logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Inter Mayami» murabbiyi: «Messi albatta 1000-golini uradi»

 21 OKTYABR, 2026, 09:30

Lionel Messi to'xtash niyatida emas. Argentinalik yulduz «Atlanta Yunayted»ga qarshi uchrashuvda atigi to'rt daqiqa ichida dubl qayd etib, «Inter Mayami»ning 3:1 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi va faoliyati davomida urgan gollari sonini 936 taga etkazdi.

«Inter Mayami» murabbiyi Kili Gonsales uchrashuvdan so'ng jamoasining 10-raqamli futbolchisini yuqori baholadi va nima uchun uning fikricha, bunday ulkan natijaga erishish mumkinligini tushuntirdi.

«Men unga ishonaman va u muvaffaqiyatga erishishini bilaman, chunki u murakkab vazifalarni yaxshi ko'radi. U nima ishga qo'l urmasin, doimo o'zini sinovdan o'tkazadi. U o'zi intilayotgan barcha maqsadlariga erishgan. Bu safar ham shunday bo'ladi», — deya Gonsalesning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

39 yoshida ham Messi hal qiluvchi rol o'ynashda va barchani hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ