Valdano: «Hakamlar haqidagi gap-so'zlardan bezor bo'ldim»
21 OKTYABR, 2026, 09:30
Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Valdano Ispaniya chempionatidagi hakamlikdan, aniqrog'i, bu mavzuning doimiy muhokama qilinishidan charchaganini bildirdi.
«Bularning barchasi jonimga tegdi. Men bundan nihoyatda charchadim. Biz ajoyib gollarni ko'ramiz, yuqori saviyali futbolchilarning o'yiniga guvoh bo'lamiz... Ammo oxir-oqibat baribir hakamlar haqida gapiramiz — yana hakamlarni muhokama qilamiz. Bu jarayonda futbol ikkinchi darajaga tushib qoldi», — deya sobiq murabbiyning so'zlarini ElDesmarque nashriga tayanib derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Xorxe Valdano 1994 yildan 1996 yilgacha Madridning «Real» klubini boshqargan. Hozirda jamoaga portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino ustozlik qilmoqda.
