logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Chempionlar ligasida 1959 yildan buyon eng yuqori sermahsullik qayd etilmoqda

 21 OKTYABR, 2026, 09:18

UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumida hozirgacha o'tkazilgan 45 ta uchrashuvda 187 ta gol urildi. Har bir o'yinga o'rtacha 4,2 ta gol to'g'ri kelmoqda. Bu musobaqada 1959/60 yilgi mavsumdan buyon kuzatilgan eng yuqori ko'rsatkichdir. O'sha mavsumda ham har bir uchrashuvda o'rtacha 4,2 ta gol urilgan edi.

3-turning birinchi o'yin kunida ikkita uchrashuv 4:3 hisobida, yana ikkita bahs esa 4:2 va 5:1 hisoblarida yakunlandi. Seshanba kuni bo'lib o'tgan jami to'qqizta uchrashuvda roppa-rosa 40 ta gol urildi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi «PSJ» hisoblanadi. Frantsiya klubi hozir ham guruh bosqichi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Parijliklar dastlabki uchta uchrashuvning barchasida g'alaba qozonishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ