logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

FIFA Infantinoning yashirin daromadlari haqidagi xabarlar uchun rasmiy uzr so'ralganini ma'lum qildi

 21 OKTYABR, 2026, 09:12

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot prezidenti Janni Infantinodan 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin asosiy maoshidan tashqari qo'shimcha to'lovlar olgani haqidagi maqola uchun rasmiy uzr so'ralganini ma'lum qildi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Infantino jahon chempionatini o'tkazishga mas'ul tashkilotdan qo'shimcha to'lov olgani haqida xabar tarqatgan edi. Ta'kidlanishicha, ushbu to'lov rahbarning asosiy maoshidan tashqari amalga oshirilgan va tashkilotning yillik hisobotida aks ettirilmagan.

«2026 yil 13 oktyabr kuni biz Janni Infantino FIFAdan tashkilot tomonidan oshkor qilinmagan “ikkinchi maosh” olgani haqida xabar bergan edik. Bu ma'lumot noto'g'ri. Hech qanday “ikkinchi maosh” bo'lmagan.

Amaldagi qoidalar FIFAdan janob Infantino olgan xarajatlar va qoplama to'lovlarini yillik hisobotga kiritishni talab qilmaydi. Chunki ular Shveytsariyaning moliyaviy hisobot talablariga muvofiq “mehnat haqi” hisoblanmaydi.

Shuningdek, biz janob Infantino Mayamidagi ko'chmas mulkni avval xabar berganimizdek, taxmin qilingan pasaytirilgan narxda sotib olmaganini ham tan olamiz. Bundan tashqari, u ham, uning oila a'zolari ham Shadi LLC kompaniyasining qonuniy yoki benefitsiar mulkdorlari emas va biz taxmin qilganimizdek, ushbu kompaniya ustidan nazoratga ega emaslar.

Biz ushbu tuzatishlarni kiritishdan mamnunmiz va yo'l qo'yilgan xatolar uchun janob Infantino hamda FIFAdan uzr so'raymiz», — deya FIFA The Times nashrining ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotidan iqtibos keltirdi.

Infantino 2016 yildan buyon FIFA prezidenti lavozimini egallab kelmoqda. Avvalroq u 2027 yilda bo'lib o'tadigan tashkilot prezidentligi saylovida yana ishtirok etish niyatini ma'lum qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ