logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Budyo-Glimt» ustozi: «Napoli»ga qarshi o'yinda xatolarimiz uchun jazolandik»

 21 OKTYABR, 2026, 09:12

Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi bosh murabbiyi Ketil Knutsen jamoasining Neapolda «Napoli»dan 3:4 hisobida uchragan mag'lubiyatiga izoh berdi.

«Bugun yaxshi o'yin bo'ldi, stadionda ajoyib muhit hukm surdi. Hisob 1:1 bo'lganidan keyin jamoamizga «Napoli»ga qarshi o'ynash osonroq bo'ldi. Chunki o'yinning dastlabki qismida o'tkazib yuborilgan gol raqibni kuchdan qoldirishi mumkin.

Biz to'pni yaxshi nazorat qildik va o'zimizga xos uslubda harakat qilib, hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirishga muvaffaq bo'ldik. Biroq keyin xatolarimiz uchun jazolandik.

Ikkinchi bo'limda juda ko'p kuch sarfladik va menimcha, shunchaki vaziyat biz uchun noqulay tus olgani sababli mag'lub bo'ldik. Omadimiz kelmadi, ammo shu bilan birga «Napoli»ning yuqori saviyasini ham inkor etib bo'lmaydi», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

Endi «Budyo-Glimt» Norvegiya chempionati doirasida «Volerenga»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ