«PSJ» Chempionlar ligasida «Arsenal»ning 16 yillik rekordini takrorladi
21 OKTYABR, 2026, 09:06
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida Kataloniyaning «Barselona» klubini mag'lub etgan «PSJ» (4:2) urgan gollari sonini 14 taga etkazdi. Bu Chempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki uchta uchrashuvida bir jamoa tomonidan kiritilgan gollar soni bo'yicha rekordning takrorlanishi bo'ldi.
Bunga qadar bunday natijaga «Arsenal» 2010/11 yilgi mavsumda erishgan edi. Bu ko'rsatkich hamon Evropaning eng nufuzli klublar musobaqasidagi tegishli rekord hisoblanadi.
Bundan tashqari, «PSJ» Chempionlar ligasida o'z maydonida o'tkazgan so'nggi uchta uchrashuvning har birida kamida to'rttadan gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Parij klubi Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi.
