Luis Enrike: «Mening jamoamda dunyoning eng yaxshi futbolchilari o'ynaydi»
21 OKTYABR, 2026, 09:00
«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasida «Barselona» ustidan qozonilgan g'alabadan (4:2) so'ng o'z jamoasini maqtadi.
Parijliklar umumiy bosqichning 3-turida Dezire Due, Lyuka Ernandes, Vitinya va Fabian Ruisning gollari evaziga g'alaba qozonishdi.
«Menimcha, jamoamda dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor. Muxlislarimiz ham jamoamizda dunyoning eng yaxshi futbolchilari jamlangan deb hisoblashadi», — deya Enrikening intervyudagi so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
«PSJ» 9 ochko va 14:5 to'plar farqi bilan umumiy bosqich turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Barselona» uchun bugungi mag'lubiyat joriy mavsumdagi birinchisi bo'ldi.
Manba: stadion.uz
