Luis Enrike: «PSJ»ning Chempionlar ligasi favoriti ekani men uchun ahamiyatsiz»
21 OKTYABR, 2026, 09:00
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasi Chempionlar ligasi favoriti hisoblangani sababli alohida bosim his qilayotgani yoki yo'qligi haqida gapirdi.
«Favorit ekanimiz sababli bosim bormi? Menga baribir. Kimdir «PSJ»ni favorit deb aytganini ko'rmadim», — deya Enrikening so'zlarini keltiradi RMC Sport.
20 oktyabr, seshanba kuni «PSJ» o'z maydonida «Barselona»ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Parijliklar safida Dezire Due, Lyuka Ernandes, Vitinya va Fabian Ruis gol urishdi.
«PSJ» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchta turida mumkin bo'lgan 9 ochkodan barchasini qo'lga kiritdi. Jamoa «Slovan» (6:1), «Manchester Siti» (4:2) va «Barselona»ni mag'lub etdi.
