«Barselona» «Real»ga qarshi o'yin oldidan muhim futbolchisidan ayrildi
21 OKTYABR, 2026, 09:00
«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo Chempionlar ligasida «PSJ»ga qarshi o'yinda (2:4) jarohat oldi.
28 yoshli futbolchi Parijdagi uchrashuvni «ko'k-anorranglilar»ning asosiy tarkibida boshladi, ammo 27-daqiqadayoq Xans-Diter Flik uni Fermin Lopesga almashtirishga majbur bo'ldi.
Cadena SER ma'lumotlariga ko'ra, Olmo Madridning «Real» klubiga qarshi bo'lajak uchrashuvga qadar jarohatidan tiklanishga ulgurmaydi. Kataloniyaliklar ushbu bahsni uning ishtirokisiz o'tkazishlariga to'g'ri keladi.
«El-Klasiko» yakshanba kuni «Kamp Nou» stadionida La Liganing 10-turi doirasida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 25 oktyabrdan 26 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Dani Olmo joriy mavsumda 12 ta o'yinda bitta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: stadion.uz
