logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Shirer «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda «Liverpul»ning harakatlarini tanqid qildi

 21 OKTYABR, 2026, 08:48

Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Alan Shirer «Liverpul»ning «Vilyarreal»ga qarshi o'yindagi g'alabasiga (4:3) izoh berdi.

«Liverpul»ning dastlabki 35 daqiqadagi o'yini dahshatli edi. Jamoa o'ta sust harakat qildi, o'yinning barcha jabhalarida raqibga imkoniyatni boy berdi va buning ustiga 0:2 hisobida ortda borayotgandi.

Biroq shundan keyin «Liverpul» qandaydir yo'l bilan o'yinga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Keyingi 10 daqiqa davomida jamoa ancha yaxshiroq ko'rindi. Futbolchilar pressingni kuchaytirishdi, aniqroq uzatmalar berishdi va golli vaziyatlar yaratishni boshlashdi.

To'g'ri, so'nggi daqiqalarda muayyan qiyinchiliklar yuzaga keldi. «Vilyarreal» faollashdi va «Liverpul»ni biroz asabiylashishga majbur qildi.

Shunga qaramay, jamoa g'alaba qozondi. Bu yana bir ijobiy natija, garchi hali ko'p jihatlar ustida ishlash kerak bo'lsa ham», — deya Shirerning so'zlarini keltiradi BBC Sport.

Eslatib o'tamiz, Shirer futbolchilik faoliyati davomida «Blekbern» va «Nyukasl» klublarida to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ