logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Slaviya» bilan durang «Fenerbaxche»ning antirekordini yanada yomonlashtirdi

 21 OKTYABR, 2026, 06:00

«Fenerbaxche» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida o'z maydonida «Slaviya»ni mag'lub eta olmadi (2:2). Istanbul klubining musobaqa asosiy bosqichidagi g'alabasiz seriyasi 10 ta o'yinga etdi.

Pragaliklarga qarshi uchrashuvga qadar Turkiya jamoasi Chempionlar ligasida ketma-ket 9 ta o'yinda g'alaba qozonmagan edi — 3 ta durang va 6 ta mag'lubiyat. UEFA buni «Fenerbaxche» tarixidagi eng uzoq g'alabasiz seriya sifatida qayd etgan. «Slaviya» bilan durangdan keyin mazkur ko'rsatkich 10 ta uchrashuvga etdi — 4 ta durang va 6 ta mag'lubiyat.

Istanbulliklarning musobaqa asosiy bosqichidagi so'nggi g'alabasi 2008 yil aprel oyiga to'g'ri keladi. O'shanda «Fenerbaxche» chorak finalning dastlabki uchrashuvida «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan. Javob bahsida esa Turkiya klubi 0:2 hisobida yutqazib, musobaqani tark etgan.

«Fenerbaxche» Chempionlar ligasining keyingi — 2008/09 yilgi mavsumini g'alabasiz yakunlagan: guruh bosqichida 2 ta durang va 4 ta mag'lubiyat. Shundan so'ng jamoa 18 yil davomida musobaqaning asosiy bosqichiga chiqa olmagan.

Joriy mavsumda «Fenerbaxche» umumiy bosqichni «Roma» bilan durang (1:1) orqali boshladi, keyin «Aston Villa»ga 0:6 hisobida mag'lub bo'ldi va «Slaviya» bilan ochkolarni bo'lishib oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ