Lamin Yamal Chempionlar ligasida Kilian Mbappening rekordini takrorladi
21 OKTYABR, 2026, 05:34
«Barselona» klubi hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasida Madridning «Real» jamoasi forvardi Kilian Mbappening natijasini takrorladi. Bu haqda Eurofoot ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Ispaniyalik futbolchi 19 yoshida Chempionlar ligasidagi gollari sonini 13 taga etkazdi. Bu musobaqa tarixida o'smir futbolchilar orasidagi eng yaxshi natija bo'lib, Yamal ushbu ko'rsatkich bo'yicha Mbappega tenglashdi.
Yamal mazkur rekordni Chempionlar ligasi 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»ga qarshi uchrashuvda gol urish orqali takrorladi. Ushbu bahsda «Barselona» 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
19 yoshli futbolchi joriy mavsumda Chempionlar ligasida ikkita gol va to'rtta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygan.
«Barselona» Chempionlar ligasidagi keyingi uchrashuvini 3 noyabr kuni o'z maydonida «Aston Villa»ga qarshi o'tkazadi.
Manba: stadion.uz
