Foden AEKga qarshi o'yinda 4 ta golli harakatni amalga oshirdi
21 OKTYABR, 2026, 03:48
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden AEKga qarshi o'yinda «gol+pas» tizimi bo'yicha 4 ochko to'pladi.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «shaharliklar» o'z maydonida 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
Bugungi uchrashuvda Foden xet-trik qayd etdi — u 34, 65 va 76-daqiqalarda gol urdi. Shuningdek, angliyalik futbolchi Rayan Sherkiga golli uzatmani amalga oshirdi.
Joriy mavsumda Foden «Manchester Siti» safida barcha musobaqalar doirasida 8 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
