«Barselona»ga qarshi o'yinda «PSJ»ning uch futbolchisi jarohatlandi
21 OKTYABR, 2026, 03:42
«PSJ»ning uch nafar futbolchisi «Barselona»ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Jamoalar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turi doirasida «Park-de-Prens» stadionida o'zaro bahs olib borishdi (2:4).
57-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya Xavi Espart bilan to'p uchun kurashda maydonga yiqildi. «PSJ» yarim himoyachisi o'yinni davom ettira olmadi va shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Uning o'rniga Magn Akliush maydonga tushdi.
Xvicha bilan bir vaqtda jarohat olgan Markinos ham almashtirildi. Braziliyalik futbolchining o'rniga Ilya Zabarniy o'yinga qo'shildi.
Birinchi bo'limda Usmon Dembele ham jarohat olgan edi.
