logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ» — «Barselona» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

 21 OKTYABR, 2026, 03:00

«PSJ» hujumchisi Dezire Due Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Barselona»ga qarshi o'yinning (4:2) eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 21 yoshli frantsuz bir gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

«U maydonning markaziy hududini to'liq nazorat qildi. Raqib darvozasiga yaqin hududlarda Due o'zining harakatchanligi, to'p bilan oldinga yurishlari, hal qiluvchi harakatlari va samaradorligi bilan ajralib turdi. Uning hisobida o'yin taqdirini hal qilgan gol va golli uzatma bor», — deya ta'kidladi UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.

«PSJ» 9 ochko bilan umumiy bosqich turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. «Barselona» esa 6 ochko bilan beshinchi pog'onadan joy olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ