logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Rayo Valekano»ning 12 nafar muxlisiga jarima va stadionga kirish taqiqi qo'yildi

 21 OKTYABR, 2026, 02:48

«Rayo Valekano»ning bir necha nafar muxlisi «Atletik»ka qarshi o'yinni barbod qilgani uchun jarimaga tortildi.

10 oktyabr kuni «Rayo Valekano» va «Atletik» o'rtasida bo'lib o'tgan Ispaniya chempionatining 8-tur uchrashuvi muxlislarning maydonga turli buyumlarni uloqtirishi sababli bir necha bor to'xtatildi va oxir-oqibat yakuniga etkazilmadi. Shuningdek, tribunalardan «Rayo Valekano» prezidenti Martin Presaning iste'fosini talab qiluvchi shiorlar yangradi.

COPE xabariga ko'ra, Sportda zo'ravonlik, irqchilik, ksenofobiya va murosasizlikka qarshi kurash qo'mitasi «Rayo Valekano»ning 11 nafar muxlisini 3001 evrodan jarimaga tortdi va ularga olti oy davomida sport tadbirlariga tashrif buyurishni taqiqladi.

Yana bir muxlis stadion o'rindig'ini sindirib, uni maydonga uloqtirgani uchun 5000 evro jarimaga tortildi va bir yilga stadionlarga kirish huquqidan mahrum qilindi. Qayd etilishicha, politsiya norozilik aktsiyasining barcha ishtirokchilarini aniqlash maqsadida voqea videotasvirlarini o'rganishda davom etmoqda.

Mazkur hodisa oqibatida «Rayo Valekano» klubiga 6000 evro jarima solindi va La Ligadagi navbatdagi uy uchrashuvida tribunalarning bir qismini yopish jazosi belgilandi. 24-daqiqada to'xtatilgan «Atletik»ka qarshi bahsning qolgan qismi tomoshabinlarsiz o'tkaziladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ