Saudiya chempionati. Feliksning goli «An-Nasr»ga g'alaba keltirdi, Ronaldu penaltidan foydalana olmadi
21 OKTYABR, 2026, 02:48
«An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionatining 10-turida o'z maydonida «Neom»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Uchrashuvning 61-daqiqasida Joau Feliks gol urdi.
Birinchi bo'limga qo'shib berilgan 45+6-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan foydalana olmadi — 41 yoshli hujumchining zarbasidan so'ng to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.
Portugaliyalik futbolchi terma jamoalar o'yinlari munosabati bilan yuzaga kelgan xalqaro tanaffusdan keyin ilk bor gol ura olmadi. Ronaldu 9 oktyabr kuni chempionat doirasida «Ad-Diriya»ga qarshi o'yinda (3:0), 12 oktyabrda esa Osiyo Chempionlar ligasida «Neftchi»ga qarshi bahsda (3:1) gol urgan edi.
«An-Nasr» 22 ochko jamg'arib, Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. 16 ochkoga ega «Neom» esa oltinchi pog'onadan joy olgan.
