«Barselona» ikki yarim yildan ortiq vaqtdan buyon «PSJ»ni enga olmayapti
21 OKTYABR, 2026, 02:36
«Barselona» ikki yarim yildan ortiq vaqtdan buyon «PSJ»ni mag'lub eta olmayapti.
Bugun Kataloniya jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Park-de-Prens» stadionida 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bunga qadar «Barselona» 2025 yil 1 oktyabrda o'tgan mavsumning umumiy bosqichida «PSJ»ga 1:2 hisobida, shuningdek, 2023/24 yilgi mavsum chorakfinalining javob uchrashuvida 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
«Ko'k-anorranglilar» so'nggi bor 2024 yil 10 aprelda Chempionlar ligasining 2023/24 yilgi mavsumi chorakfinalidagi dastlabki o'yinda parijliklarni 3:2 hisobida mag'lub etishgan.
