EChL. PSV safarda «Portu»ni mag'lub etdi
21 OKTYABR, 2026, 02:30
Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida Niderlandiyaning PSV klubi Portugaliyada «Portu» mehmoni bo'lib, minimal hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuv taqdirini ikkinchi bo'limda kiritilgan yagona gol hal qildi. 57-daqiqada Gus Til raqib darvozasini ishg'ol etib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmadi va PSV safarda 1:0 hisobida zafar quchib, musobaqada muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
