logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

EChL. «Manchester Siti» AEK darvozasiga beshta gol urdi, Husanov to'liq o'ynadi

 21 OKTYABR, 2026, 02:24

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Manchester Siti» o'z maydonida Gretsiyaning AEK klubini qabul qilib, 5:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi.

Uchrashuvning bosh qahramoni Fil Foden bo'ldi. Angliyalik futbolchi raqib darvozasini uch marta ishg'ol qilib, xet-trik qayd etdi. Shuningdek, u sheriklariga bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Mezbonlarning qolgan ikki goliga Elliott Anderson va Rayan Sherki mualliflik qildi. AEK safida esa Stavros Pilios yagona javob to'pini kiritdi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bahsda to'liq harakat qildi.

Ushbu g'alabadan keyin «Manchester Siti» hisobidagi ochkolar soni 6 taga etdi. Angliya klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Uch ochkoga ega AEK esa 26-pog'onadan joy olgan.

Musobaqaning navbatdagi turida «Manchester Siti» Germaniyaning «Leyptsig» klubiga qarshi maydonga tushadi. AEK esa o'z uyida Madridning «Real» jamoasini qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ