«Manchester Siti» mavsumdagi 10-g'alabasini qo'lga kiritdi
21 OKTYABR, 2026, 02:18
«Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida AEKni 5:1 hisobida tor-mor etdi.
Entso Mareska jamoasi joriy mavsumdagi 12-uchrashuvini o'tkazdi. «Shaharliklar» 10 ta g'alabaga erishib, ikki marta mag'lub bo'lishdi — Angliya Superkubogi uchun «Arsenal»ga qarshi bahsda (0:3) va Chempionlar ligasida «PSJ» bilan o'yinda (2:4).
24 oktyabr kuni «Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 8-turida safarda «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.
