EChL. "Manchester Siti" — AEK: Husanov ilk daqiqalardan maydonga tushadi
20 OKTYABR, 2026, 23:34
Bugun UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" va Gretsiyaning AEK klubi o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Jamoalarning mazkur bahs uchun boshlang'ich tarkiblari e'lon qilindi.
E'tiborlisi, O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning asosiy tarkibidan joy oldi.
"Manchester Siti"ning asosiy tarkibi:
Donnarumma, Lyuis, Diash, Abduqodir Husanov, Gvardiol, Anderson, Fernandes, Allan Elias, Sherki, Foden, Samba.
AEKning asosiy tarkibi:
Brinoli, Rota, Mukudi, Relvas, Pilo, Mayer, Arriaga, Marin, Joau Mariu, Varga, Yovich.
Manba: stadion.uz
