logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Aichi–Nagoya-2026: o'zbekistonlik para sportchilar musobaqaning ikkinchi kunida 33 ta medalni qo'lga kiritdi

 20 OKTYABR, 2026, 23:12

Yaponiyada o'tayotgan Aichi–Nagoya–2026 Para Osiyo o'yinlarida O'zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda. 20 oktyabr, seshanba kungi natijalarga ko'ra, hamyurtlarimiz 11 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza — jami 33 ta medalni qo'lga kiritdi.

Musobaqada o'zbekistonlik sportchilar para engil atletika, para suzish, para pauerlifting, para velotrek, para dzyudo va para taekvondo yo'nalishlarida sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Bir qator sportchilar rekord natijalarni ham qayd etdi. Aqidaxon Axtamova para pauerlifting bo'yicha 55 kg vazn toifasida 128 kg toshni ko'tarib, Para Osiyo o'yinlari rekordini o'rnatdi. Madina Muxtorova yadro uloqtirishda 9,10 metr natija bilan Osiyo rekordini yangiladi. Navruza Axmatova esa shu yo'nalishda 10,02 metr natija qayd etib, Para Osiyo o'yinlari rekordini o'rnatdi.

Para velotrek bahslarida Boymurod Yavkochev oltin, Azimbek Abdullaev kumush medalga sazovor bo'ldi. Para dzyudo bo'yicha Muhammad Abduqulov va Turg'un Abdiev o'rtasidagi finalda esa oltin medal Muhammad Abduqulovga, kumush medal Turg'un Abdievga nasib etdi.

O'zbekiston sportchilarining medallari ro'yxati:

Oltin medal:

Boymurod Yavkochev (para velotrek, C5 klassi, 4000 metrga yakka ta'qib poygasi);

Aqidaxon Axtamova (para pauerlifting, ayollar, 55 kg) — 128 kg, Para Osiyo o'yinlari rekordi;

Shohrux Mamedov (para dzyudo, J1 klassi, 81 kg);

Muhammad Abduqulov (para dzyudo, J1 klassi, -95 kg);

Kumushxon Xodjaeva (para dzyudo, J2 klassi, -60 kg);

Dmitriy Xorlin (para suzish, S13 klassi, 400 metrga erkin usulda suzish) — 4:21.32;

Muslima Nuriddinova (para pauerlifting, ayollar, 61 kg) — 129 kg;

Mubinabonu Xalilova (para suzish, S13 klassi, 100 metrga brass usulida suzish) — 1:19.60;

Azizbek Boynazarov (para suzish, SM8 klassi, 200 metrga kompleks usulda suzish) — 2:23.87;

Madina Muxtorova (para engil atletika, F40 klassi, yadro uloqtirish) — 9,10 metr, Osiyo rekordi;

Navruza Axmatova (para engil atletika, F41 klassi, yadro uloqtirish) — 10,02 metr, Para Osiyo o'yinlari rekordi.

Kumush medal:

Asila Mirzayorova (para engil atletika, T11 klassi, 200 metrga yugurish) — 25,86 soniya;

Nasiba Toshpo'latova (para pauerlifting, ayollar, 50 kg) — 123 kg;

Yoqutxon Xolbekova (para engil atletika, F12 klassi, nayza uloqtirish) — 32,43 metr;

Azimbek Abdullaev (para velotrek, C5 klassi, 4000 metrga yakka ta'qib poygasi);

Yorqinbek Odilov (para engil atletika, F57 klassi, disk uloqtirish) — 45,10 metr;

Turg'un Abdiev (para dzyudo, J1 klassi, -95 kg);

Egor Bolotov (para suzish, S13 klassi, 400 metrga erkin usulda suzish) — 4:21.94;

Qudratjon Haydarov (para taekvondo, erkaklar, 63 kg);

Kubaro Hakimova (para engil atletika, F41 klassi, yadro uloqtirish) — 9,71 metr;

Sardor Baxtiyorov (para suzish, S7 klassi, 100 metrga erkin usulda suzish) — 1:04.91;

Muhammadabdulloh Tursunjonov (para engil atletika, T47 klassi, balandlikka sakrash) — 1,94 metr.

Bronza medal:

Angelina Kolesnikova (para engil atletika, F44/F64 klasslari, disk uloqtirish) — 30,10 metr;

Diyorbek Umarov (para engil atletika, F12 klassi, yadro uloqtirish) — 12,54 metr;

Sodiqjon Mamadiev (para engil atletika, T37 klassi, uzunlikka sakrash) — 5,69 metr;

Otabek Irisbekov (para dzyudo, J2 klassi, -81 kg);

Zuxriddin Tohirov (para taekvondo, erkaklar, -63 kg);

Kamolaxon Rasulova (para taekvondo, ayollar, -57 kg);

Javohir Aliqulov (para taekvondo, erkaklar, 70 kg);

Dmitriy Xorlin (para suzish, S12 klassi, 100 metrga chalqancha suzish) — 1:05.77;

Muslima Odilova (para suzish, S13 klassi, 100 metrga brass usulida suzish) — 1:30.11;

Farog'at Muhammadqulova (para engil atletika, F40 klassi, yadro uloqtirish) — 7,54 metr;

Doston Qahhorov (para engil atletika, T36 klassi, 100 metrga yugurish) — 11,88 soniya.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi Para Osiyo o'yinlarining ikkinchi kunida 11 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza, jami 33 ta medalni qo'lga kiritdi. Shu tariqa, delegatsiyaning umumiy medallari soni 56 taga etdi. O'zbekiston umumiy medallar jadvalida Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ