logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Eshli Yang: "Kontening "Manchester Yunayted"ga kelishi falokatga aylanishi mumkin"

 20 OKTYABR, 2026, 23:00

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Eshli Yang Antonio Kontening jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Angliyalik futbolchi avvalroq "Inter"da Konte qo'l ostida o'ynagan va 2020/21 yilgi mavsumda u bilan birga Italiya A Seriyasi chempioni bo'lgan.

"Hozir "Manchester Yunayted" futbolchilarining maydonda qanchalik ko'p yugurishi haqida ko'p gapirilmoqda.

Agar futbolchilar yugurishni istamasa va jamoaga Antonio Konte bosh murabbiy bo'lib kelsa, menimcha, bu haqiqiy falokatga aylanadi", — dedi Yang Overlap Daily dasturida.

Sobiq futbolchi Kontening mashg'ulotlarida jismoniy tayyorgarlikka katta e'tibor qaratilganini ham ta'kidladi.

"Menimcha, aynan yugurish mashg'ulotlari tufayli futbolchilik faoliyatimni shuncha uzoq davom ettira oldim. Garchi bu aql bovar qilmas darajada og'ir bo'lgan bo'lsa ham.

Mashg'ulotlarimizda ko'pincha 11 ga 11 shaklidagi ikki tomonlama o'yinlar o'tkazilardi. Ba'zan ular zerikarli bo'lardi.

Uchrashuvlar tahlili esa 3–4 soatgacha davom etishi mumkin edi", — deya qo'shimcha qildi u.

Antonio Konte o'tgan mavsum yakunlanganidan so'ng "Napoli"ni tark etgan va hozirda ishsiz.

Italiyalik mutaxassis Neapol klubidagi ikki yillik faoliyati davomida Italiya chempionligi va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan.

Bundan avval Konte "Chelsi", "Yuventus" va "Inter" klublarini ham chempionlik sari etaklagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ