Mbappe: "Meni ideal deb o'ylaydiganlar televizor ko'rmaydi"
20 OKTYABR, 2026, 22:54
Madridning "Real" klubi va Frantsiya milliy terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o'zini ideal inson deb hisoblaydiganlar fikriga qo'shilmasligini bildirdi.
Frantsiyalik yulduz hayoti davomida ko'p marta xato qilganini va ahmoqona ishlarga qo'l urganini yashirmadi.
"Hech kimni xafa qilmoqchi emasman, ammo meni ideal deb hisoblaydiganlar televizor ko'rmaydi, shekilli.
Menimcha, ahmoqona ishlar qilishim mumkinligini juda ko'p marta ko'rsatganman. Bunga oddiy qarayman. O'ylashimcha, bu ham yaxshi.
Menimcha, hech kim insonni televizor orqali haqiqatan tanib ololmaydi.
Odamlarning o'z fikriga ega bo'lishini taqiqlay olmaysan. Hatto ularning fikri ba'zan noto'g'ri bo'lsa ham. Ammo hayot shunday", — deya Mbappening so'zlarini Onze Mondial nashriga tayanib keltiradi Actu Foot ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
