logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nikolas Pas: "Chempionlar ligasida o'ynash — mehnatimiz uchun mukofot"

 20 OKTYABR, 2026, 22:54

Italiyaning "Komo" klubi yarim himoyachisi Nikolas Pas Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkaziladigan uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

Musobaqa umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan bahs 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

"G'alaba qozonish uchun ajoyib o'yin namoyish etishimiz kerakligini yaxshi tushunamiz.

Raqibimiz tarkibida juda kuchli futbolchilar bor, ularning bosh murabbiyi ham ajoyib mutaxassis.

Ehtimol, ular hozir mavsumdagi eng yaxshi davrini o'tkazmayotgandir, ammo shunga qaramay, bizni qiyin uchrashuv kutmoqda.

Bunday oqshom — so'nggi bir necha yil ichida erishgan barcha yutuqlarimiz uchun mukofotdir.

Biz shunday uchrashuvlarda ishtirok etishga loyiqmiz", — deya Pasning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Avvalroq "Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas ham "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lajak uchrashuv haqida fikr bildirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ