logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Luis Enrike "Barselona" bosh murabbiyligiga qaytish uchun harakat boshladi — OAV

 20 OKTYABR, 2026, 22:36

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qo'l ostida yaxshi natijalar qayd etmoqda. Biroq germaniyalik mutaxassis kelajakda kataloniyaliklar boshqaruvini tark etsa, uning o'rnini Luis Enrike egallashni istamoqda.

El Nacional nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis o'z atrofidagi yaqin kishilaridan kelajakda Flikning o'rniga nomzod sifatida ko'rsatilishi uchun harakat qilishni so'ragan.

Luis Enrike shu tariqa "Barselona" bosh murabbiyligiga ikkinchi bor qaytish uchun qulay sharoit yaratishni rejalashtirmoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, uning nomzodini "Barselona" yarim himoyachisi Pedri ham qo'llab-quvvatlamoqda. Futbolchi Ispaniya terma jamoasida Enrike qo'l ostida ishlagan va murabbiy bilan hamkorlik unga ma'qul kelgan.

Luis Enrike 2014–2017 yillarda "Barselona" bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu davrda kataloniyaliklar 9 ta sovrinni, jumladan, Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritgan.

Ispaniyalik mutaxassis "PSJ" bilan esa hozirgacha 13 ta sovrinni qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ