logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Flik "PSJ" futbolchisidan qattiq xafa

 20 OKTYABR, 2026, 22:36

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "PSJ" yarim himoyachisi Dro Fernandesdan norozi. Bunga futbolchining yanvar oyida kataloniyaliklar safini tark etib, Parij klubiga o'tgani sabab bo'lgan.

"Barselona" o'z akademiyasi tarbiyalanuvchisi bilan shartnomani 2031 yilning o'rtalarigacha uzaytirishni rejalashtirgan edi. Biroq Dro Fernandes raqobat nisbatan kamroq bo'lishini kutgan holda "PSJ"ga o'tishni afzal ko'rgan.

The Touchline nashri Sport'ga tayanib xabar berishicha, Flik futbolchining mazkur qarorini xiyonat sifatida qabul qilgan.

Germaniyalik mutaxassis Droning "PSJ"ga o'tayotganidan xabar topgach, unga kiyim almashtirish xonasidagi shaxsiy shkafchasini bo'shatishni buyurgan.

Eslatib o'tamiz, "PSJ" va "Barselona" bugun, 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida o'zaro to'qnash keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ