Sneyder: "Andreyning zarbasi juda kuchli edi"
20 OKTYABR, 2026, 22:30
«Inter» va «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder tarixdagi eng yaxshi rus futbolchisi deb hisoblaydigan o'yinchini aytdi.«Men uchun birinchi o'rinda Andrey Arshavin turadi. U eng yuqori saviyada to'p tepgan top-futbolchi edi. Uning maydonni ko'ra bilishi va hatto eng murakkab uzatmalarni ham amalga oshira olishi yodimda qolgan.
Andreyning zarbasi ham juda kuchli edi», — deya Sneyderning so'zlarini keltirdi Sport24 portali.
