Flik ishonchli, ammo vaqtincha...
20 OKTYABR, 2026, 22:18
«Barselona» Xans-Diter Flik qo'l ostida muvaffaqiyatli o'yin ko'rsatmoqda. Biroq nemis mutaxassisi bir kun kelib kataloniyaliklar bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Ana shu paytda «ko'k-anorranglilar» Luis Enrikeni jalb qilmoqchi.El Nacional nashri xabar berishicha, Enrike bunga qiziqish bildirgan. Luis «Barselona» bosh murabbiyligiga ikkinchi bor qaytish uchun oldindan zamin hozirlamoqchi.
Manbaga ko'ra, Luis Enrike nomzodini yarim himoyachi Pedri ham qo'llab-quvvatlamoqda. U Ispaniya terma jamoasida mazkur murabbiy qo'l ostida ishlaganidan mamnun bo'lgan.
Luis Enrike 2014–2017 yillarda «Barselona»ni boshqargan. Uning rahbarligida jamoa to'qqizta sovrinni qo'lga kiritgan. Ular orasida Chempionlar ligasi kubogi ham bor.
