Rossiya O'zbekistonga qarshi bahsdan keyin FIFA reytingida top-50 taligiga kiruvchi terma jamoa bilan o'ynaydi
20 OKTYABR, 2026, 22:00
Rossiya milliy terma jamoasi 17 noyabr kuni Venesuela terma jamoasiga qarshi o'z maydonida o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bu haqda Sports.kz Rossiya futbol ittifoqiga tayanib xabar berdi.
Uchrashuv Krasnodar shahridagi «Krasnodar» stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning aniq boshlanish vaqti va chiptalar savdosi qachon boshlanishi haqida qo'shimcha ma'lumot beriladi.
FIFA reytingida Rossiya 1537,45 ochko bilan 35-o'rinni egallab turibdi. Venesuela esa 1465,87 ochko bilan 49-pog'onadan joy olgan.
Venesuela terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga Janubiy Amerika mintaqasi (KONMEBOL) saralash bosqichida sakkizinchi o'rinni egallagan va shu tariqa mundialning final bosqichiga yo'llanma ola olmagan.
