logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

O'zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” “Neftchi”ni musobaqadan chiqarib yubordi. “OKMK” va “Andijon” ham yarimfinalda

 20 OKTYABR, 2026, 21:42

Futbol bo'yicha O'zbekiston Kubogining chorakfinal bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Farg'onada “Lokomotiv” “Neftchi” ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, Jizzaxda “Andijon” “Sog'diyona”dan ustun keldi. Olmaliqda esa “OKMK” ishonchli o'yin bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi.

“Neftchi” — “Lokomotiv”

Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida kechgan chorakfinal bahsi muxlislar uchun chinakam gollar shousiga aylanib ketdi. E'tiborlisi shundaki, uchrashuvdagi barcha 6 ta gol faqatgina birinchi bo'limning o'zida kiritildi.

O'yin kutilmaganda poytaxtliklarning o'ta faol hujumlari bilan boshlandi. Dastlab 11-daqiqadayoq Jasurbek Yaxshiboev penaltidan unumli foydalanib hisobni ochgan bo'lsa, ko'p o'tmay Bilol Tupliev oradagi farqni ikkitaga etkazdi. 33-daqiqaga kelib Yaxshiboev o'z dublini rasmiylashtirib, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi — 0:3.

Shundan so'nggina “Neftchi” o'ziga kelgandek bo'ldi va oradan uch daqiqa o'tib Xurshid G'iyosov farqni qisqartirdi. Ammo taym oxiriga qadar jamoalar yana bittadan gol almashishga ulgurishdi: avvaliga 43-daqiqada Diyorjon Turopov “temiryo'lchilar”ning to'rtinchi golini urgan bo'lsa, hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda Abror Ismoilov farg'onaliklarning ikkinchi to'piga mualliflik qildi.

Gollarga boy va o'ta shiddatli kechgan birinchi bo'limdan so'ng, ikkinchi taymda “Lokomotiv” murabbiylar shtabi himoyaga ko'proq e'tibor qaratdi. Taym davomida har ikki jamoada xavfli vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramay, hisob boshqa o'zgarmadi. Shu tariqa, “Lokomotiv” safarda muhim va yirik g'alabani qo'lga kiritib, O'zbekiston kubogining yarimfinaliga yo'l oldi.

O'zbekiston Kubogi. 1/4 final

“Neftchi” — “Lokomotiv” 2:4
Gollar: 0:1 — Jasurbek Yaxshiboev (11, penalti), 0:2 — Bilol Tupliev (22), 0:3 — Jasurbek Yaxshiboev (33), 1:3 — Xurshid G'iyosov (36), 1:4 — Diyorjon Turopov (43), 2:4 — Abror Ismoilov (45+2).

“Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboev (8.Vladimir Yovovich, 75), 6.Ibrohimxalil Yo'ldoshev (34.Farruh Sayfiev, 46), 7.Abror Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 67), 9.Xurshid G'iyosov (22.Alisher Odilov, 46), 10.Jamshid Iskanderov, 18.Stipe Peritsa (32.Zoran Marushich, 46), 20.Anvar G'ofurov, 52.Koffi Kuao, 77.Ratinho.

“Lokomotiv”: 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliev (9.Suhrob Nurulloev, 57), 10.Shodiyor Shodiboev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 57), 15.Aleksandr Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (26.Abdulloh Yo'ldoshev, 76), 18.Oleksandr Kucherenko, 23.Diyorjon Turopov (70.Muhammadali Reimov, 67), 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich, 99.Jasurbek Yaxshiboev (22.Sunnatilla Poyonov, 76).

Ogohlantirishlar: Koffi Kuao (69) — Muhammadali Reimov (74).

“So'g'diyona” — “Andijon”

Jizzaxda kechgan chorakfinal bahsi ham o'ziga xos dramaga boy bo'ldi. Birinchi bo'limda jamoalar ehtiyotkorlikka e'tibor qaratgani sababli, muxlislar gollarga guvoh bo'lishmadi.

Asosiy voqealar uchrashuvning ikkinchi taymi yuzaga keldi. 60-daqiqada andijonliklarning navbatdagi xavfli hujumini bartaraf etish paytida mezbonlar legioneri Petar Michin kutilmaganda to'pni o'z darvozasiga burib yubordi va avtogol muallifiga aylandi — 0:1. Ushbu kutilmagan vaziyatdan so'ng muvozanatni tiklash uchun oldinga intilgan “So'g'diyona” qarshi hujumda yana bir bor jazolandi. 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Rustam Turdimurodovning uzatmasidan so'ng, Martin Boake darvozani aniq nishonga olib, mehmonlarning ustunligini mustahkamladi — 0:2.

O'yinning so'nggi daqiqalarida jizzaxliklar hisobni tenglashtirish uchun bor kuchlari bilan hujumga tashlanishdi. 84-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Sardorbek Jamolov kiritgan gol mezbonlarga umid baxsh etdi. Biroq qolgan vaqtda “Andijon” himoyachilari ishonchli harakat qilib, g'alabani saqlab qolishdi. Shu tariqa, andijonliklar safardan muhim g'alaba va yarimfinal yo'llanmasi bilan qaytadigan bo'ldi.

O'zbekiston Kubogi. 1/4 final

“So'g'diyona” — “Andijon” 1:2
Gollar: 0:1 — Petar Michin (60, avtogol), 0:2 — Martin Boake (79), 1:2 — Sardorbek Jamolov (84).

“So'g'diyona”: 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Behruz Jumatov, 6.Behruz Asqarov (17.Ollobergan Karimov, 65), 7.Petar Michin, 8.Jamshid Boltaboev (49.Sardorbek Jamolov, 80), 13.Filip Ivanovich, 14.Lupcho Doriev, 22.Abdulazizxon Abdurashidov (10.Javohir Qahramonov, 65), 29.Amirbek Saidov (28.Samandarjon Mavlonqulov, 65), 77.Oybek Nurmatov (3.Islomjon Qobilov, 89).

“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Po'latxo'ja Xoldorxonov (28.Bekzod Sulaymonov, 67), 11.Humoyunmirzo Iminov (99.Rustam Turdimurodov, 74), 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov (88.Shohjahon Yorqinboev, 75), 27.Martin Boake, 33.Doniyor Abdumannopov (17.Azizbek Turg'unboev, 67).

“OKMK” — “Guliston”

Olmaliqda o'tkazilgan chorak final bahsida “OKMK” Birinchi liga vakili bo'lgan “Guliston” jamoasini qabul qildi. Kutilganidek, uchrashuvning birinchi bo'limida mehmonlar himoyaga katta e'tibor qaratib, Superliga jamoasiga jiddiy qarshilik ko'rsatishdi va tanaffusga qadar o'z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishga erishishdi.

Biroq ikkinchi taymda olmaliqliklar tajriba bobida baribir o'z so'zini aytishdi. 53-daqiqada Aziz Xolmurodovning aniq uzatmasidan so'ng jamoa legioneri Ivan Peshich hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi — 1:0. Ushbu goldan keyin vaziyatni o'nglash maqsadida oldinga o'tishga majbur bo'lgan sirdaryoliklar himoyasida bo'shliqlar yuzaga kela boshladi.

Bundan unumli foydalangan “OKMK” 77-daqiqada ikkinchi golni urib, o'yin taqdirini amalda hal qildi: bu safar ham qulay vaziyat yaratib bergan Aziz Xolmurodovning uzatmasini Nodirbek Abdurazzoqov golga aylantirdi — 2:0. Shu tariqa, o'z maydonida ishonchli o'yin namoyish etgan olmaliqliklar O'zbekiston Kubogining yarimfinaliga yo'llanma oldi.

O'zbekiston Kubogi. 1/4 final

“OKMK” — “Guliston” 2:0
Gollar: 1:0 — Ivan Peshich (53), 2:0 — Nodirbek Abdurazzoqov (77).

“OKMK”: 23.Hamidullo Abdunabiev, 6.Avazbek O'lmasaliev, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 44.Abror Karimov, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 9.Aziz Xolmurodov (21.Hazratjon Tursunqulov, 82), 17.Nodirbek Abdurazzoqov (26.Faridjon Abdullaev, 82), 4.Mirjamol Qosimov (28.Arihiro Sentoku, 62), 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov, 87), 88.Siavash Haqnazariy, 77.Ivan Peshich (27.Urosh Koyich, 62).

“Guliston”: 12.Sarvar Husanov, 5.Ozod Rajabov, 17.Ixtiyor Toshpo'latov, 11.Azamat Abduhalilov, 19.Shahzodbek G'ofurbekov, 23.Turdibek Omonov, 8.Bunyod Shodiev, 9.Alisher Sobirjonov (30.Jasurbek Saydazimov, 87), 26.Javohir Ne'matullaev, 20.Abdulaziz Ne'matov (22.Azimjon Mamatqulov, 56), 10.Shoxnazar Norbekov (15.Behruz Abdullaev, 36).

Ogohlantirishlar: Abror Karimov (49), Urosh Koyich (89).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ