Kannavaro O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin g'oyasini qo'llab-quvvatladi
20 OKTYABR, 2026, 21:30
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar bo'limi rahbari Usmon Toshevning ma'lum qilishicha, O'zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish g'oyasini qo'llab-quvvatlagan. Bu haqda Sports.kz Sport24.ru nashriga tayanib xabar berdi.
«O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni FIFA bilan kelishib oldik. Ushbu o'yin uchun jamoalarimizga FIFA terma jamoalari reytingiga ochkolar qo'shiladi.
Bosh murabbiyimiz Kannavaro ham ushbu uchrashuv g'oyasini qo'llab-quvvatladi. Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'yin bekor qilinganidan so'ng, xalqaro bo'lim unga Toshkentda Rossiya terma jamoasi bilan bahs o'tkazishni taklif qildi. Fabio darhol rozi bo'ldi. Har ikki jamoadan ham yaxshi o'yin kutib qolamiz!» — dedi Toshev.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi. Bahs noyabr oyidagi xalqaro tanaffus doirasida tashkil etiladi.
