Buffon: "Latsio"ning o'yinidagi o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda"
20 OKTYABR, 2026, 20:36
Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon «Latsio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning ishlarini yuqori baholadi."Latsio"ning o'yinidagi o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. Gattuzo va uning shtabi futbolchilar bilan ishlashning to'g'ri yo'lini topdi. Hozir jamoa g'alaba qozonadimi yoki mag'lub bo'ladimi, baribir o'zini bir butun jamoa sifatida his qilmoqda.
Futbolchilarda jasorat, kurashchanlik va aniq g'oyalar bor. Ular o'yindan zavq olishmoqda. Menimcha, ular maqtovga loyiq", — dedi Buffon.
