Kivu: "Shaxtyor" — kuchli jamoa"
20 OKTYABR, 2026, 20:30
"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasidagi navbatdagi raqib — "Shaxtyor" haqida o'z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Shaxtyor" — kuchli jamoa. Uning tarkibida mahoratli futbolchilar bor, jamoa tezkor va yuqori shiddatda o'ynaydi. Murabbiy jamoa o'yinini yaxshi yo'lga qo'ygan. "Shaxtyor" to'p bilan ham, to'psiz ham faol harakat qiladi va aniq o'yin uslubiga ega. Biz o'z uslubimizga sodiq qolishimiz va o'z kuchimizga ishonishimiz kerak, chunki hozir o'tmishdagi natijalarning ahamiyati kam", — deya Kivuning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
"Inter" va "Shaxtyor" Chempionlar ligasi doirasida o'zaro olti marta to'qnash kelgan. Italiyaliklar ikki uchrashuvda g'alaba qozongan, qolgan to'rtta bahs esa durang bilan yakunlangan. To'plar nisbati — 5:1.
