«Yuventus»ning muammolarini faqat murabbiy bilan bog'lash noto'g'ri
20 OKTYABR, 2026, 20:18
«Yuventus»ning sobiq darvozaboni Janluiji Buffon jamoa bosh murabbiyi Luchano Spallettiga ishonch bildirish va unga vaziyatni o'nglash uchun vaqt berish kerakligini ta'kidladi.Uning fikricha, «Yuventus»ning muammolarini faqat murabbiy bilan bog'lash noto'g'ri. To'rt yil ichida besh nafar murabbiy almashgan bo'lsa, muammoning sabablarini chuqurroq izlash lozim. Buffon jamoaning so'nggi natijalariga asosiy futbolchilarning jarohatlari ham ta'sir qilayotganini qayd etdi.
Shuningdek, u himoyachi Gleyson Bremerning jamoadoshlarini tanqid qilganini tushunishini aytdi. Biroq futbolchi boshqalarga e'tiroz bildirishdan oldin, avvalo, o'zining o'yiniga baho berishi kerakligini ta'kidladi.
