Fofana: "O'zimga ishonch bildiriladigan joyda o'ynashni istayman"
20 OKTYABR, 2026, 20:12
«Sevilya» yarim himoyachisi Yussuf Fofana yozda «Milan»dan boshqacha kayfiyatda ketmoqchi edi.«Hammasi juda tez sodir bo'ldi. «Milan»da qolishni istamadim, chunki o'ynamayotganimni bilardim. «Sevilya» esa meni chindan ham xohladi.
Men o'zimga ishonch bildiriladigan joyda o'ynashni istayman. Vaziyatni boshqacha hal qilish mumkin edi, ammo ular o'z yo'lini tanlashdi. Hech qanday araz yo'q. Hozir hammamiz mamnunmiz: men «Sevilya»daman, ular esa istagan tarkibiga ega», — dedi Fofana.
