Pellegrini Chempionlar ligasi o'yini oldidan maydon holatidan norozi bo'ldi
20 OKTYABR, 2026, 20:06
«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Sevilyadagi «La Kartuxa» stadioni maydonining holati qoniqarsiz ekanini ma'lum qildi. U bu haqda «Feyenoord»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan gapirdi.
«Odatda maydon juda yaxshi holatda bo'ladi, ammo afsuski, bu hafta gazonni parvarishlash uchun zarur ishlar amalga oshirilmadi. Maydonning yomon holati har ikki jamoaga ham ta'sir qiladi», — dedi Pellegrini matbuot anjumanida.
«Betis» «Benito Vilyamarin» stadionida rekonstruktsiya ishlari olib borilayotgani sababli, taxminan 70 ming tomoshabinni sig'dira oladigan «La Kartuxa» stadionida o'z uy uchrashuvlarini o'tkazayotganiga bir yil bo'ldi.
