Jurnalist Safonovning xususiyatiga to'xtaldi
20 OKTYABR, 2026, 20:00
Frantsiyaning Challenges.fr nashri jurnalisti Jan-Filip Lekler Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida «Barselona»ga qarshi kechadigan uchrashuvda «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning o'yinidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.«Safonov «Barselona»ga qarshi ham «Manchester Siti» bilan o'yindagidek ajoyib harakat qilsin. U «PSJ»ning etakchisiga aylandimi? Yo'q, undan butun jamoaga etakchilik qilish talab etilmaydi.
Himoya chizig'i bilan hamjihatlikda harakat qiladigan yaxshi darvozabon bo'lishi kifoya», — dedi Lekler «Evro-Futbol.Ru» internet nashriga bergan eksklyuziv intervyusida.
Manba: stadion.uz