logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» va «Bavariya» «Aston Villa» yarim himoyachisi Manzambiga qiziqish bildirmoqda

 20 OKTYABR, 2026, 19:54

«Barselona» va «Bavariya» «Aston Villa» yarim himoyachisi Yoxan Manzambiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Myunxen klubi Maykl Olizening uzoq muddatli kelajagi noaniq bo'lib qolayotgani sababli Manzambining o'yinlarini kuzatmoqda. O'z navbatida, «Barselona» yarim himoyachining «Aston Villa»dagi faoliyatini boshlaganidan keyingi o'yinlaridan taassurot olgan.

Manzambi joriy mavsumda barcha musobaqalarda oltita uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ