logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Konate: "Leyptsig"dagi sobiq jamoadoshlarimni ko'rishdan xursand bo'laman"

 20 OKTYABR, 2026, 19:34

Madridning "Real" klubi himoyachisi Ibraima Konate "RB Leyptsig"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ushbu uchrashuv uning uchun qanday ahamiyatga ega ekanini aytdi. Jamoalar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida o'zaro bahs olib boradi.

"Bu men uchun alohida o'yin, chunki sobiq klubimga qarshi maydonga tushaman. "Leyptsig"dagi sobiq jamoadoshlarimni ko'rishdan xursand bo'laman. G'alaba qozonish, ketma-ket uchinchi g'alabamizni qo'lga kiritish va kuchli sakkizlikdan joy olishni kafolatlash juda yaxshi bo'lardi", — dedi futbolchi.

"Bu yozda "Liverpul"dan kelganimdan beri bu erda meni juda iliq kutib olishdi. Eng muhimi — sovrinlarni qo'lga kiritish, chunki klubdagi kutilmalar juda yuqori".

Ibraima Konate 2017 yildan 2021 yilgacha "RB Leyptsig" safida to'p surgan. Ushbu jamoa tarkibida 95 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 18 ta sariq kartochka olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ