Rodri "PSJ"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlamasligi mumkin
20 OKTYABR, 2026, 19:24
"Barselona" yarim himoyachisi Rodri Chempionlar ligasi doirasida "PSJ"ga qarshi mehmonda o'tkaziladigan uchrashuvda asosiy tarkibdan joy olmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Alfredo Martines ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
"Barchasi bugun "PSJ"ga qarshi o'yinda Rodriga dam berilishini ko'rsatmoqda", — deb yozdi Martines.
"PSJ" va "Barselona" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turi doirasidagi uchrashuvni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlaydi.
Qayd etish joizki, "PSJ" va "Barselona" Chempionlar ligasining dastlabki ikki turida maksimal 6 ochko jamg'argan to'qqizta jamoa qatoriga kiradi.
