Kivu: "Biror narsa o'xshamasa, men futbolchilarimni ayblamayman"
20 OKTYABR, 2026, 19:18
"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida "Shaxtyor"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 21 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Bu bahs boshqa har qanday o'yin kabi qiyin kechadi. "Shaxtyor" "San-Siro"ga natija uchun kurashishga keladi — ular yo'qotadigan narsaga ega emas. Chempionlar ligasidagi o'yinlar hech qachon oson bo'lmaydi. Maydonga munosib kayfiyat va bor kuchni sarflashga tayyor holda chiqish kerak", — dedi "Inter" ustozi.
Musobaqaning avvalgi uchrashuvida "Inter" "Bryugge"ga 3:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
"Biror narsa o'xshamasa, men futbolchilarimni ayblamayman. Individual xatolarni ularga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsata olmaganimning oqibati sifatida qabul qilaman. Ular etti yildan beri raqobatbardosh bo'lib kelmoqda, shuning uchun ulardan ko'p narsa kutishga haqlimiz. Ular nimalarni boshdan kechirayotganini tushunaman, ammo birinchi navbatda o'zgarishni o'zimdan boshlashim kerak".
Ukrainaning "Shaxtyor" klubi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinni egallab turibdi. "Inter" esa ochkosiz 29-o'rinda bormoqda.
