logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona» Gvardiol transferiga yana qiziqish bildirmoqda

 20 OKTYABR, 2026, 18:00

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol yana «Barselona»ning transfer maqsadiga aylandi. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, kataloniyaliklar 2025 yil oxirida ham xorvatiyalik futbolchini sotib olishga uringan, biroq o'sha paytda transferni amalga oshirishning imkoni bo'lmagan.

Endi esa «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar uchun ehtimoliy jazoga tortilishi Gvardiolning «Barselona»ga o'tishiga yordam berishi mumkin.

Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Pau Kubarsi bilan birga markaziy himoyada harakat qila oladigan chap oyoqli futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.

Gvardiol o'zining o'yin xususiyatlari bilan ushbu talablarga to'liq mos keladi, deb hisoblanmoqda.

Biroq transferning amalga oshishi «Manchester Siti» xorvatiyalik himoyachi uchun qancha mablag' talab qilishiga bog'liq bo'ladi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli Gvardiolning bozor qiymati 75 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ