logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona»ning sobiq futbolchisi: «Rafinyaning bu qadar ko'p gol urayotgani meni hayron qoldirmoqda»

 20 OKTYABR, 2026, 17:34

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Maksvell Rafinyaning joriy mavsumda markaziy hujumchi sifatida namoyish etayotgan o'yiniga yuqori baho berdi.

Braziliyalik sobiq futbolchi hamyurtining bu qadar ko'p gol urayotganidan hayratda ekanini yashirmadi.

«Uning mavsumni qanday boshlagani aql bovar qilmas darajada. Meni hayron qoldirayotgan yagona narsa — u urayotgan gollar soni.

Uning o'yini, jamoaga ta'siri, so'nggi bir necha yil davomida namoyish etgan etakchilik fazilatlari... U avval ham ajoyib ishlar qilayotgan edi.

Ammo hozirgidek ko'p gol urayotgani meni biroz hayron qoldirmoqda.

Unga faqat yaxshilik tilayman. Biz, braziliyaliklar, Evropada yoki dunyoning boshqa nuqtalarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizni doimo qo'llab-quvvatlaymiz.

Rafinya Braziliya milliy terma jamoasi etakchilaridan biri hisoblanadi.

Unga mavsum davomida omad tilayman va hozir namoyish etayotgan o'yini bilan tabriklayman», — dedi Maksvell.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ