logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Shmeyxel: «Rayyasiz «Arsenal» chempionlikka yaqin ham kelolmasdi»

 20 OKTYABR, 2026, 17:34

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel «Arsenal»ning Angliya Premer-ligasida chempion bo'lishida David Rayya hal qiluvchi rol o'ynaganini ta'kidladi.

Daniyalik sobiq futbolchining fikricha, ispaniyalik darvozabonsiz londonliklar chempionlikka hatto yaqinlasha olmagan bo'lardi.

«Men o'tgan mavsumda Rayyaning o'ziga ham shu gaplarni aytganman. Agar u bo'lmaganida, «Arsenal» chempionlikka yaqin ham kelolmasdi.

U eng muhim vaziyatlarda zarbalarni qaytarib, jamoasini qutqardi», — dedi Shmeyxel The Overlap Daily dasturida.

Sobiq darvozabon Rayyaning havodan uzatilgan to'plarga chiqish borasida ham sezilarli darajada rivojlanganini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, ispaniyalik posbon shu qadar ishonchli o'yin namoyish etmoqdaki, muxlislar endi undan raqibning har bir xavfli zarbasini qaytarishini kutishmoqda.

«Arsenal» o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasining 38 ta uchrashuvida bor-yo'g'i 27 ta gol o'tkazib yuborgan va «Manchester Siti»ni etti ochkoga ortda qoldirgan holda chempionlikni qo'lga kiritgan.

Joriy mavsumda ham londonliklar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Jamoa dastlabki ettita turning oltitasida g'alaba qozongan.

Shuningdek, «Arsenal» hozirgacha faqat beshta gol o'tkazib yuborgan bo'lib, bu chempionatdagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ