Arauxo: «Liverpul» barcha sovrinlar uchun kurasha oladi»
20 OKTYABR, 2026, 17:00
«Liverpul» himoyachisi Ronald Arauxo jamoaning joriy mavsumdagi imkoniyatlari va maqsadlari haqida fikr bildirdi.
Urugvaylik futbolchining ta'kidlashicha, mersisaydliklar ishtirok etayotgan to'rtta musobaqaning barchasida chempionlik uchun kurashishga qodir.
«Biz ishtirok etayotgan to'rtta musobaqaning barchasida g'oliblik uchun kurasha olamiz.
Oldinda hali uzoq mavsum turibdi, ammo biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz.
Natijalarimiz hozircha unchalik yaxshi bo'lmasa-da, biz yaxshi ishlayapmiz.
Jamoa oldinga intilmoqda va rivojlanishda davom etmoqda», — deya Arauxoning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Angliya Premer-ligasining dastlabki etti turidan so'ng «Liverpul» 12 ochko to'plagan holda turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Manba: stadion.uz
