Rossiya bilan o'yin O'zbekiston uchun qanchalik foydali bo'ladi?
20 OKTYABR, 2026, 17:00
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahs jamoamiz uchun kuchli raqibga qarshi o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazish imkonini beradi.
Rossiya terma jamoasi bir necha yildan buyon xalqaro musobaqalarda qatnashmayotgan bo'lsa-da, tarkibida Evropaning taniqli klublarida faoliyat yuritayotgan futbolchilar mavjud.
Xususan, "PSJ" darvozaboni Matvey Safonov, "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin hamda "Galatasaroy" safida o'ynayotgan Aleksey Batrakov raqib jamoaning e'tiborga molik vakillaridir.
Shuningdek, "Real Sosedad" futbolchisi Arsen Zaxaryan ham Rossiya terma jamoasi ixtiyoridagi taniqli o'yinchilardan biri hisoblanadi. Biroq u so'nggi yig'inlarga jalb etilmayapti.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya terma jamoasining oxirgi yig'iniga chaqirilgan 27 nafar futbolchining umumiy bozor qiymati 252 million evroga baholangan.
Rossiyaliklar so'nggi o'rtoqlik uchrashuvlarida Eronni 2:0 hisobida mag'lub etgan, Nigeriya bilan esa 3:3 hisobida durang o'ynagan.
Shu jihatdan, Rossiyaga qarshi bahs O'zbekiston terma jamoasi uchun futbolchilarning tayyorgarlik darajasini baholash, taktik imkoniyatlarni sinab ko'rish va xalqaro o'yin tajribasini oshirish nuqtayi nazaridan ahamiyatli bo'lishi mumkin.
