Pirs Morgan ten Xagning Ronaldu haqidagi gaplariga munosabat bildirdi: "Haqiqatni jirkanch tarzda buzib ko'rsatish"
20 OKTYABR, 2026, 16:54
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduni tanqid qildi. Niderlandiyalik mutaxassisning aytishicha, "qizil iblislar" safida Ronaldu uning ishonchini oqlamagan. Ten Xag Krishtianu mashg'ulotlarga yaxshi tayyorlanmagani sababli yugurish mashqlarini bajarishda qiynalganini aytgan.
Ten Xagning bu gaplariga mashhur jurnalist va Krishtianu Ronalduning do'sti Pirs Morgan munosabat bildirdi.
"Nima?! Bu haqiqatni jirkanch tarzda buzib ko'rsatish", — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqlarda.
Ta'kidlash joizki, Pirs Morgan so'nggi yillarda Krishtianu Ronaldu bilan bir nechta shov-shuvli intervyular o'tkazgan. Ularning birida Ronaldu "Manchester Yunayted"ni past standartlar uchun tanqid qilgan edi. Ko'p o'tmay, Krishtianu klubni tark etdi. Bu voqea 2022 yil oxirida sodir bo'lgan.
